Get Mystery Box with random crypto!

“Payshanba - Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” “Payshanba | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

“Payshanba - Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”

“Payshanba - Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Pastdargʼom tumani IIB xodimlari tomonidan tumandagi 129 ta umumtaʼlim maktablarida "Biz huquqbuzarlikka qarshimiz" mavzusida targʼibot uchrashuvlari oʼtkazildi.

107 ta mahalalarda mahalla faollari bilan yigʼilish oʼtkazilib, olib borilayotgan manzilli profilaktik tadbirlar davomida ayollar va xotin-qizlar ular oʼrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularni bandligini taʼminlash, sogʼlom turmush tarziga yoʼnaltirish, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish boʼyicha manzilli ishlar olib borildi.

Tadbirlar davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar-tumanlarida olib borilmoqda.

Kanalimizga qo‘shiling

https://t.me/samiibuz