Get Mystery Box with random crypto!

#YTH_Yongʻin Yuk avtomobili yonib ketganligi boʻyicha maʼlumo | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

#YTH_Yongʻin

Yuk avtomobili yonib ketganligi boʻyicha maʼlumot

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bugun, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 12-kilometrida yuk avtomobilining dvigatel qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/samiibuz