Get Mystery Box with random crypto!

“Askarlar Vatanga qasamyod qabul qilishdi” IIVga qarashli Sa | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

“Askarlar Vatanga qasamyod qabul qilishdi”

IIVga qarashli Samarqand viloyatidagi 7252-sonli harbiy qismda 2023-yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlarning “Vatanga qasamyod” qabul qilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

IIV o‘rinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevichning bayram tabrigini qism komandiri podpolkovnik X.X.Yusupov askarlarga oʻqib eshittirdi.

Shundan soʻng, tadbirda soʻzga chiqqan Qurolli Kuchlarimizning faxriylari hamda askarlarning ota-onalari vatanga qasamyod qilgan yosh askarlarga oʻzlarining tabrik soʻzlarini aytib oʻtishdi.

Shu kuni tadbirga tashrif buyurgan askarlarning ota-onalari va yaqinlari xizmat joylarida yaratilgan shart-sharoitlar, kiyim-kechak va oziq-ovqat taʼminoti hamda askarlarga koʻrsatiladigan gʻamxoʻrliklarni koʻrib, bundan juda ham mamnun boʻlishdi. 

Tadbir soʻngida xarbiy qism maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘l jangi usullari bilan koʻrgazmali chiqish qilib berishdi.

Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/samiibuz