2022-08-27 21:21:31
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
Bu haqda DTM ma’lum qildi.
Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
my.dtm.uz sayti orqali:
my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.
mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi, borib ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
3.2K viewsedited 18:21