Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 24-iyun kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat u | SamDU akademik litseyi | rasmiy kanal

Bugun 24-iyun kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti faollar zalida akademik litseyimiz 2-kurs bitiruvchi o’quvchilarining "Hayr jonajon litseyim, salom kelajagim" nomli bitiruv tadbiri bo’lib o’tdi.
        Tadbirni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soleyev ochib berdi.
         Tadbirda akademik litsey bitiruvchilarining 18 nafariga “A’lo darajali diplom” hamda Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miramonovichning 2020-yil 3-dekabrdagi 4910-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida semestr yakuni bo’yicha iqtidorli va faol 10 nafar o’quvchiga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi topshirildi.