Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilik_yangiliklari Oʻquvchi va talabalar uchun “Shaxma | Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi | rasmiy kanali

#qonunchilik_yangiliklari

Oʻquvchi va talabalar uchun “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi

Prezident qaroriga (08.05.2023-yil PQ-150-son) asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi.

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu musobaqalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida “Shaxmat stipendiyasi” bilan ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube