Get Mystery Box with random crypto!

#79_ishtirokchi #uygonish * * * Ko'rub sani parishonxotur x | СамДТУ Даволаш 3-курс

#79_ishtirokchi
#uygonish

* * *
Ko'rub sani parishonxotur xumormen,
Shundin beri tinchim ketib abgormen.
Balki zimdin taqdirlar ham bo'lib payvasta,
Jomoling diydoriga zormen, intizormen.

Hayol surib oy to'lishgan kechasida,
O'zing bo'lding hayollarim nechasida.
G'aribona kulbamdadir maning jismim,
Lek hayolim ul sanamning ko'chasida.

Gar istasang saning uchun anvoyi gulmen,
Hijroningda yonib bo'lgan bir uyum kulmen.
Kelib o'zing kishanlardan ozod qil mani,
Qalbing shuridagi zanjirband qulmen...

Xo'jamov Alijon Ulug'bek o'g'li
Samarqanda viloyat Bulung'ur tumani.
SamDTI talabasi

Kanalimizga ulaning:
@samarqand_ijodkorlar_kengashi