Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum hurmatli o‘qituvchilar va aziz talabalar! #Re | SamDAQU YOSHLARI

Assalomu alaykum hurmatli o‘qituvchilar va aziz talabalar!
#RektorTabrigi

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan universitetimiz jamoasini, talabalarini va barcha o‘zbek xalqini chin dildan muborakbod etaman!

Konstitutsiya — har bir mustaqil demokratik davlatning asosiy qonuni hisoblanadi.
U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi qonunlar jamlanmasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bugun 30 yil to‘ldi! Yurt mustaqilligi, o‘zbek xalqining tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini mustahkam kafolati bo‘lib kelmoqda! O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida yangilanayotgan Konstitutsiya Vatan taraqqiyoti va xalqning farovonligi uchun mustahkam huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qilishiga ishonchim komil.

Hurmatli Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda Konstitutsiyada belgilab olingan ezgu maqsadlarni roʻyobga chiqarish, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo doʻstlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, yangi uy-joylar barpo etish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha katta-katta vazifalar oʻzining aniq ifodasini topib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib men o‘zim hamda oilam nomidan yurtdoshlarimizni, universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlarini hamda aziz talabalarini ushbu ulug‘ kun bilan chin qalbimdan samimiy yana bir bor tabriklayman! Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik va farovonlik tilayman!

Hurmat bilan Chidem Janbay Turkyilmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz