Get Mystery Box with random crypto!

Bugun soat 14:30 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat a | SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Bugun soat 14:30 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida universitet kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
#KengashSamDAQU

Kun tartibida quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bo‘yicha universitetda olib borilayotgan ishlar xususida;

2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2021-yilgi reyting natijalari va 2022-yilda kutilayotgan ko‘rsatkichlar;

3. Universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish, “Komplaens nazorat” tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

4. Universitet kafedralari kesimida professor va dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya berish masalasi va turli masalalar muhokamasi o‘rin olgan.


SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich