Get Mystery Box with random crypto!

MDGKU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN MAHORAT DARSLARI TASH | SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

MDGKU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI
#Seminar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari bilan Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti professori “Geodeziya” kafedrasi mudiri Oznamets Vladimir Vladimirovich ishtirokida “O‘qituvchilar va yosh olimlar uchun zamonaviy yondashuvlar, fazoviy ma’lumotlarni qo‘llash sohasidagi dolzarb tadqiqotlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Ushbu ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti Kartografiya fakulteti dekani Zagrebin Gleb Igorevich tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

#SamDAQU #МИИГАиК


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz