Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblar o'rmoni! O'rmonlar haqida bilasizmi? Qalin o'rmon, qu | Ziyo... 🖋| SamDAQI

Kitoblar o'rmoni!
O'rmonlar haqida bilasizmi?
Qalin o'rmon, quyuq daraxtlar, turli tuman o't o'lanlar, hayvonlar bilan to'lgan, o'ziga yarasha mavhum sirlarni saqlaydigan sandiqqa o'xshaydi. Qaysi bir o'rmonga kirmang-ki, albatta bir xavf o'zidan boxabar etib turadi. Go'yo oyoq bosasizu jonsiz o'simlik o'z domiga tortib ketadiganday. Yoki qaysidir panada sizni poylayotgan Sher, yo'lbarsga yem bo'lish joningiz ta'mini har nafasingizda eslatib turadi.
Robinzon Kruzoni o'qiganmisiz?
U inson bir ish sabab shunday o'rmonga tashlab ketiladi, vaxshiy hayvonlar, biz Kitoblarda o'qigan zaxarli o'simliklar, eng qo'rqinchlisi odamxo'rlar o'rmoniga.
Ammo Kruzoning ko'zlari bu zulmatni ko'rmadi. Baland bal ad daraxtlarning yaprog'idan unga yordam qo'lini cho'zayotgan nurni ko'rdi. Butun o'rmon unga yordam berishi, uyda kutayotgan qizining oldiga eson omon yetishi, raqiblarining oldida boshini o'z bag'ridagi daraxtlar kabi baland bo'lishini istadi. Kruzo kelgan zahoti o'zi uchun boshpana tayyorlashga kirishdi. Olgan bilimlaridan sanadan adashmaslikka, kun vaqtini bilishga foydalandi. Bu esa unga odamxo'rlar qaysi vaqt kelishini, ular bilan qanday qilib til topishishni anglatdi,garchi sana va vartda adashsa ham. Daraxtlar bir necha bor o'zini qurbon qildi, kema yasab uning uyiga yetib olishi uchun, ammo, ammo daraxtlar tug'ilib o'sgan zaminini tark etishni istashmadi. Qahramonimiz yengilmadi. Unga hamrox kitoblari solingan sandiq ichidan chiqqan bir donagina bug'doy donidan kattagina hosil oldi, chorvachilik qildi. Kuchuk boqdi. Hatto odamxo'r bilan do'stlashdi. Qorason kasalligidan o'zini davoladi. Yagona sabab uning bilimi va unga ishonishi, hamda oldidagi murakkab jumboq - O'rmonning sir - sinoatlarini Jon dildan qiziqib o'rgandi. Va o'sha o'rmon Kruzoga juda katta hayotiy bilimlar tuxfa etdi, oxir oqibat igna bilan qazigan qudug'i uni butun dunyoga minglab yillarga tanilishiga, ko'plab tadqiqotlar qilishiga o'z eshiklarini ochdi.
Azizlarim,bizning diyorimizda ham shunday bir o'rmon bor-ki, uning eshiklari biz uchun hamisha ochiq, zarra-zarralarigacha bizga g'alabamizga olib boruvchi yo'limizda nur bo'lishga oshiq. Biz sabrımız bilan, ulkan maqsadlarimiz bilan, ishtiyoq va go'zal QALBIMIZ bilan qadam qo'ysakkina biz bu makondan g'oliblik shoxsupamizga egalik bekatimizga yeta olamiz.
Bu o'rmon - bizni intizorlik bilan, onalarday beg'ubor lik, mexr bilan quchoq ochib kutmoqda...
Manzili? - Deysizmi?
Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot Resurs Markazi tarkibidagi mo'jaz KUTUBXONA.
Kutubxona bir o'rmon deyilsa jamiki kitoblar kelajagimizda porlaydigan mitti zarralardir. O'rmondagi vashxiy hayvonlar bu kitobning hajmi. Vajohatidan qo'rqmay do'stlik qo'lini uzatsak biz ulkan hajmdagi kitobni bir zumda o'zlashtira olamiz. Kema esa kitobni yetarlicha asramasligimiz. Undan foydalanishdagi ehtiyotsizligimiz.
Qadrli do'stlarim! Istayman ki biz bu o'rmon bilan umrimiz oxirigacha axil do'st bo'la olamiz.
Zarnigor Yusupova