Get Mystery Box with random crypto!

​​ Samarqand yoshlari uchun yaxshi yangilik! Samarqanddagi | SaM

​​ Samarqand yoshlari uchun yaxshi yangilik!

Samarqanddagi IT Park filiali, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlikning Samarqand viloyat bo‘limi va Samarqand turizm va servis texnikumi ko‘magida Samarqand yoshlari uchun innovatsion g‘oyalar hamda startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturini joriy qildi.

Sizda faqat 15-fevralga qadar dasturga ro‘yxatdan o‘tish va quyidagilarni qo‘lga kiritish imkoniyati bor:
- inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida bepul ishtirok etish;
- individual mentor va trekerdan ko‘mak olish;
- seminar va treninglarda bepul qatnashish;
- loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam olish;
- loyihaga moliyaviy yordam olish.

Eng muvaffaqiyatli loyihalar Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 1 000 000 000 so‘m miqdorida qaytarilmaydigan subsidiyalar bilan moliyalashtiriladi.

Dasturda innovatsion startap loyihaga ega va startap bo‘yicha nazariy va amaliy bilim olishni xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling: https://forms.gle/sBsyvihdea84A9Hz9

Batafsil ma’lumot olish uchun +998 90 540-88-04 raqami bilan bog‘laning

Dastur haqida batafsil ma'lumot: https://clck.ru/T2sgg