Get Mystery Box with random crypto!

Qutlug' ayyom barchangizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar! | Samarqand yoshlari

Qutlug' ayyom barchangizga muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Millatimizga xos bo'lgan yuksak qadiryatlarimizdan biri, shubhasiz, muqaddas ayyom hisoblanmish Qurbon hayitini nishonlashdir. Bu kunda barchamiz ezgu tilaklar qilamiz, yaqinlarimiz holidan xabar olamiz. Shu fursatdan foydalanib barchangizni muborak ayyom bilan samimiy qutlayman!

Aziz yurtdoshlar! Xonadoningizdan fayz-u barokat, oilangizdan baxt-u saodat, qalbingizdan halovat aslo arimasin! Kelgusi muborak Qurbon hayitini ham sog'-omonlikda, tinchlik-osoyishtalikda kutib olish nasib qilsin. Bayram muborak bo'lsin!

Hurmat bilan "Samarqand yoshlari" gazetasi tahririyati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@samarqandyoshlari_uz