Get Mystery Box with random crypto!

Imtihon yakunlandi, bundan keyingi bosqichda abituriyent nimal | Samarqandlik abituriyentlar uchun

Imtihon yakunlandi, bundan keyingi bosqichda abituriyent nimalarni bilishi muhim?

90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi uchun imtihonga kiritilmagan. Ular uchun 17-sentabr kuni test tashkillashtiriladi.

18-sentabrdan abituriyentlar to'plagan balliga ko'ra qaysi o'rinda ekanini bilishi mumkin bo'ladi. Yakuniy natijalar 24-sentabrgacha e’lon qilinishi kutilmoqda.

Abituriyentlarning dastlabki e’lon qilingan natijalari yana bir marta tekshiriladi. Xatolik o‘tmasligi uchun hamma javoblar tahlil qilib chiqiladi va Davlat qabul komissiyasiga kiritiladi.

Tanlov natijalari e'lon qilingach abituriyent norozi bo'lsa, apellyatsiya shikoyatini onlayn tarzda bir hafta ichida yuborishi uchun sharoit yaratiladi.

Apellyatsiya shikoyatini yozgan abituriyentdan qayta imtihon olinmaydi. Ularning imtihonda ishlagan savollari bo‘yicha shikoyatlari ko‘rib chiqiladi.

Agar abituriyent imtihon vaqtida test kitobchasidagi nuqsoni bor savollar haqida vaqtida nazoratchilarni ogohlantirmagan bo‘lsa, uning da’vosi apellyatsiyada inobatga olinmaydi.

Yuqori kurslar uchun o'qish 2-sentabrdan masofaviy tarzda boshlangan. Birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ham darslar onlayn shaklda, 2-oktabrdan boshlanadi. Qachon an’anaviy ta’limga qaytilishi noma’lum. Vazirlik matbuot kotibi darslar shu semestr oxirigacha onlayn davom etishi mumkinligini aytgan.

Xpress.uz – Siz kutgan format