Get Mystery Box with random crypto!

Oʼzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida soʼz mulkining s | "SAMARQAND" davlat muzey-qoʻriqxonasi™

Oʼzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida soʼz mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymo: Moziydan taralgan ziyo” nomli koʼrgazma tashkil qilindi.
Koʼrgazmada Samarqand davlat muzey–qoʼriqxonasi tasviriy sanʼat fondida saqlanayotgan 15 dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish etilgan.
Samarqand davlat muzey–qoʼriqxonasi tasviriy sanʼat fondida Ch.Аxmarov, R.Xabib, N.Praщenok, Yu.Usakovskiy, M.Voronskiy kabi mashhur rassomlar tomonidan ishlangan Mir Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur portretlari, allomalar tomonidan yozilgan asarlarga ishlangan miniatyuralar nushalari saqlanadi. Ularning ayrimlari eʼtiboringizga havola etilmoqda.
#samarqandmuzey