Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Fermerlar faoliyatiga davlat organlari va mansa | SAMARQANDLIKLAR_24

#Bilasizmi

Fermerlar faoliyatiga davlat organlari va mansabdor shaxslarning aralashishi taqiqlanadi

Fermer xoʻjaliklarining xoʻjalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.

Davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fermer xoʻjaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

Fermer xoʻjaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablagʻlarini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablagʻlarni erkin tasarruf etish huquqiga ega.

Fermer xoʻjaligining hisob-kitob varagʻidan mablagʻlarni faqat fermer xoʻjaligi boshligʻining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.

Каналга уланиш
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFhvnjrM36cW_kseSQ