Get Mystery Box with random crypto!

​​'Azal Airlines' aviakompaniyasi Boku va Samarqandni toʻgʻrid | Samarkand Int’l Airport 🇺🇿

​​"Azal Airlines" aviakompaniyasi Boku va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi

Ozarbayjonning "Azal" aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni boshlamoqda. Boku — Samarqand yoʻnalishi boʻyicha birinchi reys 5-oktabr kuniga belgilangan.

Bu yoʻnalishda muntazam parvozlar haftasiga ikki marta Airbus A320 samolyotlarida: seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Samarqand xalqaro aeroportida hokimlik, O‘zbekistondagi ozarbayjon diasporasi, Uzbekistan Airports, Air Marakanda va Azal aviakompaniyalari vakillari ishtirokida ilk reysning tantanali kutib olinishi rejalashtirilgan.

1992-yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Havo Yoʻllari (Azal) yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, Samarqand Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qiladigan O‘zbekistondagi ikkinchi shaharga aylanadi. Bokudan Toshkentga parvozlar muntazam ravishda payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.

@samarqand_xalqaro_aeroporti