Get Mystery Box with random crypto!

Kattaqo‘rg‘on, Nurobod va Toyloqda kredit mablagʻlarini talon- | Urgut | rasmiy

Kattaqo‘rg‘on, Nurobod va Toyloqda kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.M.” xususiy korxonasi rahbari N.M. va boshqalar tijorat banki filialidan eshik, deraza va mebel ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida 640 mln soʻm kredit olib, pullarni maqsadsiz ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Nurobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.Ch.” MCHJ rahbari I.Q. tijorat banki filialidan MCHJga hamda oila a’zolariga chorva mollarini sotib olish maqsadida ajratilgan 410 mln soʻm kreditni maqsadsiz ishlatish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, YATT Sh.D., “О-А.” fermer xoʻjaligi rahbari O.U. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, shu tumanida yashovchi 10 nafar fuqaro nomiga kartoshka urugʻi olish uchun jami 237 mln soʻm imtiyozli kredit rasmiylashtirib, pullarni oʻz ehtiyojiga ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Kanalga ulaning
@Samarqand_Urgut_kanali