Get Mystery Box with random crypto!

Belgilanmagan yerga chiqindi tashlamang! 2024-yil 17-yanvar | SAMARQAND 24 | Tezkor Xabarlari

Belgilanmagan yerga chiqindi tashlamang!

2024-yil 17-yanvar kuni Samarqand shahrida joylashgan mahallalardan birida murojaatchi fuqaro qo‘l telefoni kamerasiga nomaʼlum shaxs kundalik turmush sharoitida hosil bo‘lgan maishiy va qattiq chiqindilarni o‘ziga tegishli bo‘lgan texnika vositasida belgilanmagan yerga tashlaganligi muhrlandi.

Holat yuzasidan Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda olib borilgan surishtiruvlar natijasida Samarqand shahri Farovon MFYda yashovchi fuqaro A.X tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Shu bois, huquqbuzarga MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan 1 020 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

#ТАРҚАТИНГ
САМАРҚАНДЛИКЛАРГА АЪЗО БЎЛИНГ!
➥https://t.me/+qsQUySt2I9A3YzIx