Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda “Koʻcha sanʼati va musiqasi” loyihasi amalga oshir | SAMARQAND 24 | Tezkor Xabarlari

Samarqandda “Koʻcha sanʼati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi

Viloyat hokimi tomonidan 3-yanvar kuni imzolangan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ-406-son qarori ijrosini ta’minlash haqida"gi qarorda "Koʻcha sanʼati va musiqasi" loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.

Bunda koʻchada cholgʻu asboblari, rassomchilik va hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, har chorak yakunida 10 nafar faol ijodkor mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 baravari miqdorida pul bilan ragʻbatlantirish qayd etilgan.

#ТАРҚАТИНГ
САМАРҚАНДЛИКЛАРГА АЪЗО БЎЛИНГ!
➥https://t.me/+qsQUySt2I9A3YzIx