Get Mystery Box with random crypto!

'HAYIT MUBORAK BO'LSIN!' Dilda yo'q zarra isyon, Baxtga to'la | Samarqandliklar ️️🇺🇿

"HAYIT MUBORAK BO'LSIN!"

Dilda yo'q zarra isyon,
Baxtga to'la har bir on.
Aziz do'st-u, qadrdon,
Hayt muborak bo'lsin!

Ko'kdan tushib farishta,
Etar dilni sarishta.
SHunday yoqimli, hush dam,
Hayt muborak bo'lsin!

Aytib go'zal salovat,
Qalbda shirin halovat.
Unutilmas go'zal vaqt,
Hayt muborak bo'lsin!

Zikr qilib tillarda,
SHukr eting dillarda.
SHunday yorug' kunlarda,
Hayt muborak bo'lsin!

Qilmay sira nidolar,
Ko'kka eting duolar.
Ey, musulmon birodar,
Hayt muborak bo'lsin!

Aytib shirin so'zlarni,
Kuldiring har yuzlarni.
Qutlab qo'yay sizlarni,
Hayt muborak bo'lsin!

Bu - umrning hush dami,
Ko'ngillarning malhami.
Musulmonlar bayrami,
Hayt muborak bo'lsin!


•Muslim Ali

https://t.me/+UvZK4eKGSmIxNjM6
https://t.me/+UvZK4eKGSmIxNjM6