Get Mystery Box with random crypto!

#Omonat.... Hazrat Umar r.a. bir juma kuni uylarida ushlanib | Samariddin Urinov | BLOG

#Omonat....

Hazrat Umar r.a. bir juma kuni uylarida ushlanib qolib, masjidga hadeganda chiqavermadilar. Jamoat u kishini kutib qoldi. Nihoyat eshikda hazrat Umar koʻrinib, minbar tomon yoʻnaldilar.

- Kuttirib qoʻyganim uchun uzr! Egnimdagi libosimni yuvgan edim. Qurishi qiyin boʻldi. Kechikishimning sababi shu.

“Moʻminlar amiri, boshqa kiyim kiysangiz boʻlardiku. Shuni kiyish shartmidi?” - deguvchi topilmadi. Chunki hazrat Umarning boshqa kiyimi yoʻqligi hammaga maʼlum edi.

Umar ibn Xattob toʻrt xalifadan biri boʻlib, oʻsha vaqtda hozirgi Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Suriya, Misr, Liviya va boshqa hududlarga hukmdorlik qilardi. Juda koʻp mulkka ega boʻlgan bayt-ul mol (xalq puli) uning qoʻlida edi.

Tirikligidayoq jannat kalitiga ega chiqqan, paygʻambarimiz Muhammad s.a.v. sanab oʻtgan oʻnlab insonlardan biri edi. Hatto u ham shunday oddiy yashadi. Endi fikr qiling! Ular kim ediyu biz kimmiz....?!

Ilm uchun xizmat
@Samariddin_Urinov