Get Mystery Box with random crypto!

Bola, bozorni bilib ol 1. Bozor(kiyim, oziq-ovqat, moshina an | Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

Bola, bozorni bilib ol

1. Bozor(kiyim, oziq-ovqat, moshina and itagdali) ga kirishda Bismillahni aytib kir. Sababini, menimcha bilasan.

2. Iloji boricha roʻyxat bilan bor. Bu narsa seni tahminan bir necha oʻn minutga yaqin vaqtingni tejab qoladi. Bozor-tartibsiz, roʻyxat bilan tartibli bozor qila olasan.

3. Misol uchun, kartoshka olmoqchi boʻlsang, faqat bir rastada sotiladigan joyga emas, optom joyiga bor. Raqobat bor joyda, odam kam aldanadi, nisbatan arzon boʻladi.

4. Kattalar bilan bozor qilayotgan boʻlsang, ulardan 1 qadam orqada yur. Boshqa davralarda ham. Oldinga oʻtib ketib qolma. Ota-onang qayerga toʻxtasa sen ham toʻxta, bunga majbursan.

5. Kiyim bozorda hamma kiyimni kiyib ko'rishing shart emas. Sal did, hayo bilan yur. Sendan oldin u kiyimni qanday inson kiyganini bilmaysan. Balki, 26 chi insondirsan.

6. Olmaydigan narsanga borib vaqt sarflama. Hafa boʻlmaginu, orqangdan seni hafa qiladigan gaplar boʻlib qolishi mumkin. Uniyam asabini yisan, oʻzingni ham.

7. Qayer arzon ekan deb, vaqtingni sotib yurma bozorma-bozor. Iloji boricha 3 ta joyni taxlil qilda, sotib ol. Ogʻir narsalarni oxirida ol. Dastlab, koʻkat, zira-piralarni olvol.

P.S: Bu joy Shaxmatchilarimiz uchun, toʻgʻrisini aytaman: Yorvordilaring)

@samandarxojasblog