Get Mystery Box with random crypto!

#ilmiy_kengash Yig'ilish davomida, O’zbekiston Respublikas | O'ktam Salomov | Blog

#ilmiy_kengash

Yig'ilish davomida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” gi Farmoniga binoan, Farg’ona politexnika institutining buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori Davlatbay Kudbiyev “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangani hamda institutda faoliyat olib boruvchi 7 ta xodimning doktorlik, dotsentlik attestatini olgani bilan institut rektori munosib tabriklab, e'tirof etib o'tdi.

Shuningdek, 2022-2023-o'quv yili uchun ishchi o'quv rejalar, kefedralar yuklamasi, uslubiy ko'rsatma ishlanmalar, baholash mezonlari, dars jadvali va boshqa me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida institut o'quv ishlar bo'yicha prorektori J.Kambarov ma'ruza qilib o'tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt