Get Mystery Box with random crypto!

#Ijodiy_imtihon_2022 #oʻqishni_koʻchirish Xorijiy OTMdan o‘q | O'ktam Salomov | Blog

#Ijodiy_imtihon_2022
#oʻqishni_koʻchirish

Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda

2022/2023-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy o‘quv yurtlarining alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarning o‘tkazilish joyi, sanasi, vaqti haqidagi ma’lumotlar OTMning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi messenjerlari orqali e’lon qilingan.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil maʼlumotlarni “Eduuz|Tezkor xabarlar” maxsus telegram kanali orqali kuzatib borishlari mumkin.

Unda siz imtihonlar qaysi OTMda boʻlib oʻtayotgani, imtihon oʻtkaziladigan joylar, oʻquv xonalarni jonli tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz.

Eslatib oʻtamiz, jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali ham jonli kuzatib borishingiz mumkin.

@eduuz