Get Mystery Box with random crypto!

Duo qilish qanchalik ulkan ne’mat ekanini bilganingizda, tilin | Salikh

Duo qilish qanchalik ulkan ne’mat ekanini bilganingizda, tilingiz duodan bo‘shamas edi...
Bir o‘ylab ko‘ring-a? Hamma narsaga qodir, hamma narsaning sohibi bo‘lgan Zotdan biron narsa so‘rash va so‘raganingiz sari ne’matlarning ziyoda bo‘lib kelishi, Uning muhabbatiga sazovor bo‘lish, Unga yaqin bo‘lish hamma hammasi shu duoda mujassam. Duoning ijobatida ham Alloh taolo sizdan ko‘p narsani so‘ramadi.

Faqatgina O‘zidan so‘rashga va duoning ijobat bo‘lishida shak qilmaslikka buyurdi. Yomon bo‘lsangiz-da, duoning ijobatidan shak qilmang.
Duo qiling va aniq keladi deb kuting.

Eslang, insoniyatning eng yomoni bo‘lsa-da, Alloh Fir’avnni duosini ijobat qildi. Siz Fir’avndan ko‘ra yomonroqmisiz? Yoki siz Fir’avn duoning ijobatiga ishonganchalik ishona olmaysizmi?!

— Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan.