Get Mystery Box with random crypto!

Baxtli bo'lish uchun 10 ta qoida: 1. Hech qachon o'zingizni b | #𝓢𝓪𝓵𝓲𝓴𝔁 𝓪𝓴𝓮🖤

Baxtli bo'lish uchun 10 ta qoida:

1. Hech qachon o'zingizni birovlar bilan taqqoslamang. Siz yagonasiz.

2. Muvaffaqqiyatsizliklarni quchoq ochib qarshi oling. Xatolardan o'rganing.

3. Hechkimni izidan quvmang. O'zingizga jalb qiling shunchaki.

4. Kechirishni va unutishni o'rganing. Mayli, qo'yib yuboring, ketishsin. Oxirida baribir hech kim qolmaydi.

5. Hech kim bilan musobaqada emassiz, kimdandir baland past bo'lish degan tushuncha mavjud emas. Siz har doim o'zingiz bilan raqobat qilishingiz kerak.

6. Kamroq gapirib, ko'proq tinglang.

7. Ijtimoiy tarmoq yolg'onlarga, safsataga, soxtaliklarga to'la. Onlayn hayot oflayn hayotingizni vayron qilishiga yo'l qoymang. Hamma uchun ham mavjud bo'lmang internetda.

8. Layklar hech nimani hal qilmaydi, sizga 100 ta layk degani 100 ta haqiqiy do'st degani emas.

9. Band bo'ling. shunaqa band bo'lingki, xafa bo'lishga, depressiyaga tushishga vaqtingiz bo'lmasin. Hammasi bekorchilikdan boshlanadi.

10. Boshqalarni xursand qilishni o'rganing. Masalan ularga kulib qarang, ularga sevimli shokaladlarini olib bering, qo'lda yozilgan xatlar jo'nating, baxtni, pozitivlikni ulashing,
baxt xuddi bumerangga o'xshaydi, qayerga uloqtirsangiz u baribir sizga qaytib keladi.

#ALoNe