Get Mystery Box with random crypto!

PINTUZA SAY KERAKLI MASALLIQLAR: Pintuza kraxmali kichkin | 🥗𝐒𝐀𝐋𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑 🥗

PINTUZA SAY

KERAKLI MASALLIQLAR:
Pintuza kraxmali kichkina pachkani yarmi
300 gr qiyma
2 ta piyoz
300 gr markovcha
3 ta bodring
2 ta pomidor
1 banka yashil no'xot
qizil, yashil, sariq bolgarskiy 3-4 dona
3 tilim chesnok, ukrop, kashnich bargi yarim bog'dan
kashnich urug'i, tuz
soya 2-3 osh qoshiq

TAYYORLANISHI:
Qiyma va piyozni yog'da qovurib olamiz. Bagarskiylarni ham kattaroq to'rtburchak to'g'rab ozroq yog'da nomiga 2-3minut aylantirib olamiz. Qirsillab turishi kerak. Pintuza kraxmalini qaynoq suvga solib 10 daqiqa ivitib olamiz. Usini yopib qo'yamiz. Yumshagach sovuq suvda chayib olamiz. Boring, pomidorni yarim oy shaklida yupqa to'g'raymiz. Chesnok va ko'katlarni maydalab hamma masalliqni qo'shib kashnich urug'i, ta'bga qarab tuz va soya qo'shib aralashtiramiz. Tayyor!
(P.s:rasmda qiyma qo'shilmagan. Bu safar qiyma qo'shishga ulgurmagandim. )

┄┄┅┅✿❀ ❀✿┅┅┄┄