Get Mystery Box with random crypto!

Ekzotik salat Kerakli masalliqlar: 2 ta semerinka ol | 🥗𝐒𝐀𝐋𝐀𝐓𝐋𝐀𝐑 🥗

Ekzotik salat

Kerakli masalliqlar:

2 ta semerinka olma
1 bog' salat bargi
200 g qaynatilgan tovuq go'shti yoki dudlangan kurka
1 ta jo'xori konservasi
200-300 g mayonez

Tayyorlanishi:

Olmalarni po'stini artib yirik somoncha qilib to'g'raymiz. Salat barglarini mayda qilib to'g'rab olamiz. Qaynatilgan tovuq go'shti yoki dudlangan kurka go'shtini ham somoncha qilib to'g'raymiz. Konservalangan jo'xori va mayonez solib hammasini yaxshilab aralashtiramiz va 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Oson va mazali salat tayyor!
Albatta tayyorlab ko'ring

Yoqimli ishtaha