Get Mystery Box with random crypto!

"Salam" Axloq-tarbiya

Telegram kanalining logotibi salamaxloqlashamiz — "Salam" Axloq-tarbiya S
Telegram kanalining logotibi salamaxloqlashamiz — "Salam" Axloq-tarbiya
Kanal manzili: @salamaxloqlashamiz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.01K

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-04-12 06:45:20
#xushxabar

Kitobsevar xalq uchun mutolaa imkoniyatlari kengaytiriladi

Kuni kecha Prezident Sh.Mirziyov raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ish bilan ta’minlanish samaradorligini yanada oshirish, yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yuklandi.

Jumladan, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo‘qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy park va xiyobonlarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil etilishi qayd etildi.

Shu bilan birga, kutubxonachilik va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilishni maqsad qilgan tashabbuskorlar uchun ajoyib imkoniyat yaratiladi. Ya’ni o‘z hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga mingtadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari taqdim etiladi. Eng muhimi, ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi.

Eng ommabop va xaridorgir jahon bestsellerlari bilan ham yoshlarni tanishtirib borish maqsadida joriy yil 1-maydan boshlab yoshlar, talabalar, maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkaziladi. So‘rovda eng ko‘p ovoz berilgan xorij adabiyotlari o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Xususiy nashriyotlarga bu borada kreditlar foizini qoplab berish, garov ta’minoti bo‘yicha yengilliklar beriladi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi kitobxonlik targ‘iboti bo‘yicha har yili an’anaviy tarzda tashkil etadigan ko‘plab tadbirlari doirasida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan yuqoridagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda hamkorlikda amaliy choralarni ko‘rishga tayyorligini bildiradi.

@salamaxloqlashamiz
133 viewsedited  03:45
Ochish/sharhlash
2023-04-12 05:32:16
@salamaxloqlashamiz
134 viewsedited  02:32
Ochish/sharhlash
2023-04-11 20:14:35
#ilmga_muhabbat

Ikki nafar ko‘ngilli-o‘qituvchilar Nyu-Dehlidagi kambag‘al bolalar uchun bepul darslar o‘tishmoqda.

@Ilm_nur_kutubxonasi
123 views17:14
Ochish/sharhlash
2023-04-11 05:52:36
#axloq_ulashamiz
Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi — Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.

2. Ustozlar duosi — Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor — O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu — Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik — Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi, Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt — Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.

@salamaxloqlashamiz
164 views02:52
Ochish/sharhlash