Get Mystery Box with random crypto!

#Eʼlon 2-may 'Ota-onaga xizmat - oliy saodat' axloq kunlari bo | "Salam" Axloq-tarbiya

#Eʼlon
2-may
"Ota-onaga xizmat - oliy saodat" axloq kunlari boshlanganini ma'lum qilamiz! 

Oilamizda biz uchun dunyodagi barcha insonlardan qadrli bo'lgan insonlar bor! Bugun ularni bilib-bilmay ranjitib qo'ymadikmi?

Keling birgalikda axloqimizni yuksaltiramiz!


#hadis Rasululloh (s.a.v.): "Bir musulmon insonning musulmon ota-onasi bo‘lsa, ularga yaxshilik qilib, uning savobini kutgan holda tong ottirgan bo‘lsa, Alloh taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi. Agar faqat biri bo‘lsa bir eshikni ochadi. Agar farzand ota-onadan birining g‘azabini chiqargan bo‘lsa, undan o‘sha shaxs rozi bo‘lmagunicha, Alloh rozi bo‘lmaydi", dedilar. "Ota-ona unga zulm qilgan bo‘lsa hammi?" – deyildi. "Zulm qilgan bo‘lsalar ham" – dedilar.
Ibn Abbos r.a rivoyati.
Hadis sharhida Imom Tahoviy: "Farzand muboh narsalarda bo‘ysunadi. Nahy qilingan narsalarda emas”, deydilar.

Tohir Fataniy: “Agar ikkovlari dunyoviy ishlarda unga zulm qilsalar, ko‘nadi va bo‘ysunadi, oxirat ishlarida emas” degan.

@salamaxloqlashamiz