Get Mystery Box with random crypto!

O‘quvchilar uchun may oyi “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi Ma | "Salam" Axloq-tarbiya

O‘quvchilar uchun may oyi “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi.

Bundan yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantirish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsad qilingan.

Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi. Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.

O‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o‘quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan haftalik targ‘ibot ishlar rejasi tuzilib, unga ko‘ra “Teatr haftaligi” deya e’lon qilingan edi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish
https://t.me/uztdi