Get Mystery Box with random crypto!

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) mushriklardan berkinib olgan S | 𝒔 𝒂 𝒌 𝒊 𝒏 𝒂 𝒕 𝒊 𝒊 |🫀

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) mushriklardan berkinib olgan Savr g'oridan chiqar ekanlar ushbu duoni o'qiydilar:

—Meni yóqdan bor qilgan Allohga hamdlar aytaman. Allohim, dunyo balolariga qarshi menga yordam ber. Zotingga nisbatan itoatli, durust xo'ylarimda meni sabotli qil. Senga suyukli bo'lishimni nasib et. Insonlarning qo'llariga tashlab qo'yma..
Zaiflarning Rabbisisan, mening ham Rabbim O'zingsan. Osmonlaru yerni yoritgan, qorong'uliklarni aritgan, avvalgilaru keyingilarning ishlarini tartibga solgan nuringga sig'inaman. G'azabing kelib boshimga tushishidan asrashingni so'rayman.. Ne'matingning zavol bo'lishidan, intiqomingning kelib qolishidan, sen bergan ofiyatning baloga aylanishidan va har turli g'azablaringdan yana Senga sig'inaman. Kuchim yetgan qadar sendan xushnudman yo Parvardigor! Kuch va quvvat faqat Sening-ladir!

: Saodat asri qissalarini 2-qism 210-bet

Bugun bizning ahvolimiz ham shu duolarga muhtoj..

𝓈 𝒶 𝓀 𝒾 𝓃 𝒶 𝓉 𝒾 𝒾