Get Mystery Box with random crypto!

Sakinat TV

Telegram kanalining logotibi sakinat_uzb — Sakinat TV S
Telegram kanalining logotibi sakinat_uzb — Sakinat TV
Kanal manzili: @sakinat_uzb
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 866
Kanalning ta’rifi

Bu yerda siz saodat asrida yashagan sahobiylar va sahobiya ayollar hayoti haqida o'qiysiz
____
Murojaat: @amirzoda_adminbot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-28 13:36:32
Mashallah

Musobaqaning birinchi bosqichidan o'tgan 9 yoshli Shahzodaning Allohning 99 ta go'zal ismini yoddan aytgan varianti! Bu go'zallikni sizga ham ilinishga qaror qildik!

Farzandlarimizni Allohni biladigan, Unga itoat qiladigan va Uni hammadan ko'proq sevadigan qilib tarbiyalash nasib qilsin!

P/s: Videoni qo'yishda qizaloqning oilasidan ruxsat so'ralgan!

Kanal @sakinat_uzb
3.3K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2022-05-26 09:47:49
#admin

Bolajonlar musobaqasining ikkinchi bosqich sharti bilan tanishing!

1. Fotiha surasi
2. Ixlos surasi
3. Falaq surasi
4. An-Nos surasi


Mana shu to'rtta surani yoddan aytgan holda video ko'rinishida @amirzoda_adminbot ga yuborishingiz kerak!

Videolar 5-iyun sanasigacha qabul qilinadi! Eslatib o'tamiz, bunda tajvid va qiroat ham hisobga olinadi!

Kanal @sakinat_uzb
2.4K viewsedited  06:47
Ochish/sharhlash
2022-05-25 20:28:52 #admin

Assalomu alaykum va Rohmatullohu va barakatuh

Bolajonlar o'rtasidagi musobaqaning ikkinchi bosqich sharti ertaga soat 11:00 da e'lon qilinadi!

kanal @sakinat_uzb
2.0K views17:28
Ochish/sharhlash
2022-05-21 18:00:03 #admin

Biz yuqorida 6 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolajonlar uchun tanlov e'lon qilgandik. Uning dastlabki g'oliblari bilan tanishing!

1. Omonova Shahruza

2. Saydullayeva Shahzoda

3. Rustambekova Nilufar

4. Yo'ldoshaliyeva Mushtariy

5. Qahramonova Durdona

6. Faxriddinov Ramziddin

7. Faxriddinov Fazliddin

Tanlovning ikkinchi bosqichi 25-may kuni e'lon qilinadi!
Barcha bolajonlarni tabriklaymiz!

Kanal @sakinat_uzb
2.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-05-21 10:18:26 #admin

Assalomu alaykum va Rohmatullohu va barakatuh

Bolajonlar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning birinchi bosqichi yakunlari bugun kechki soat 20:00 da e'lon qilinadi

kanal @sakinat_uzb
2.3K viewsedited  07:18
Ochish/sharhlash
2022-05-11 17:07:35 #murojaat

EY, AYOLLAR JAMOASI...

Ey ayollar jamoasi
, tilla-taqinchoq, zebu-ziynat, turli modadagi liboslarni koʻpaytirishni bas qilib, haqiqiy erkaklarni yetishtirishni koʻpaytiringlar! Bu ummat yem berib, semirtirib boqiladigan hayvonlarga emas, balki iymonli qalb sohibi boʻlgan baquvvat erkaklarga muhtoj. Sizlarni vujudingizda Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga oʻxshagan zotlar shakllanishi kerak.

Ey ayollar jamoasi, farzandlaringizga bomdod va boshqa namozlarni masjidda ado etish lozimligini, uyda faqat ayollar namoz oʻqishini oʻrgatinglar. “Anfol” va “Muhammad” kabi suralar minglab rijollarni yetishtirish uchun Alloh taolo tomonidan nozil qilinganini tushuntiringlar. Oʻzini oʻylab yashaydigan insonda yaxshilik yoʻq ekanini anglatinglar. Shuningdek, nafsining xohish-istaklariga qul boʻlib yashaydiganlarda ham yaxshilik yoʻqligini oʻrgatinglar.

Ey ayollar jamoasi, avvalo Allohning irodasi, soʻngra Ummu Ayman roziyallohu anho boʻlmaganlarida Usoma roziyallohu anhu ham boʻlmas edi. Xoʻsh bu Usoma kim? Bu kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyruqlari bilan katta bir qoʻshinga qoʻmondon etib tayinlangan pahlavon yigit. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bemor boʻlib yotganlarida “Usomaning yurishini amalga oshiringlar!” dedilar. Bu qoʻshin ichida Umar ibn Xattob, Abu Ubayda, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abul Aʼvar Saʼid ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayl va boshqa avvalgi muhojirlardan biror kishi qolmay, hamma bor edi. Ansoriylardan ham koʻpchilik bor edi. Jumladan, Qatoda ibn Noʻmon, Salama ibn Aslam ibn Huraysh va boshqalar. Ana shunday paxlavon oʻgʻlonni Ummu Ayman ismli ona tarbiya qilgan edi.

Asmo roziyallohu anho boʻlmaganlarida Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhu boʻlmasdilar.

Ey ayollar jamoasi, sizlar bu ummat ichidagi onalarsiz. Allohning izni ila farzandlarni yaxshi tarbiyalash orqali jamiyatga juda katta xizmat qila olasizlar. Qurʼoni Karimdagi bir sura bejizga “Niso” surasi deb nomlanmadi. Ayollarning shaʼni ulugʻligi, peshqadam ummatni yetishtirishda xizmat qilish masʼuliyati kattaligi uchun shunday nomlandi. Bu ummat qoʻshiqchi erkaklar, raqqoslar, ayol tabiat kimsalardan hazar qiladi. Shunday ekan, bizga Buxoriydek imomlarni, Beruniydek qomusiy olimlarni, Ibn Sinodek tibbiyot olimlarini, Al Xorazmiydek aniq fan olimlarini, Navoiydek mutafakkirlarni, Naqshbandiydek ruhiy tarbiya ustozlarini, Amir Temurdek buyuk qoʻmondonni, siz-u biz bilan zamondosh boʻlgan fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohdek allomalarni yetishtiringlar. Sizlardan iltimos, himmatni baland, niyatni oliy qilib, bizga haqiqiy rijollar yetishtirib beringlar.

Ey, ayollar jamoasi..

Kanal @sakinat_uzb
4.2K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash
2022-05-05 19:17:03 #admin

Assalomu alaykum va Rohmatullohu va barakatuh

Yodingizda bo'lsa, biz tanlov e'lon qilgandik. Ba'zi bolajonlar hali yodlash jarayonida ekanligini va ulgura olmayotganini hisobga olgan holda birinchi bosqichni 20-maygacha uzaytirishga qaror qildik!

Endi hammada imkoniyat bor! Shoshiling, ulkan savob va ajoyib tuhfa sizni kutmoqda

Kanal @sakinat_uzb
3.3K views16:17
Ochish/sharhlash
2022-05-01 21:40:06 #admin

Bugun...

Dunyo aholisining uchdan bir qismi suvning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda. Har yili dunyo bo'ylab 3 ming bola suvsizlikdan vafot etarkan. Qisqa qilib aytganda, dunyo aholisining uchdan bir qismi uchun toza ichimlik suvi yetarlicha emas!

Bugun...

Dunyo aholisining 10 foizini tashkil etgan 821.6 million inson yetarlicha oziq – ovqatga erisholmas ekan, ularning 60 foizini barqarosizlik, urush va ichki urush davom etgan mintaqalardagi kishilar tashkil etmoqda. Besh yoshidan kichik holatida o‘lgan bolalarning 45 foizi esa yetarli oziqlanmaganligi yoki ochlikdan jon bermoqda.

Bugun...

Dunyo bolalarining deyarli beshdan bir qismi ya’ni 420 million nafari urush bo‘layotgan hududlarda yashamoqda. Bu ko‘rsatkich 2016-yildan beri 30 millionga ortgan.
Har yili yuz minglab bolalar mojarolarning bilvosita oqibatlari, jumladan kam ovqatlanish, kasallik, suv taqchilligi va sanitariya buzilishlari natijasida halok bo‘lishadi.

Bugun...

Dunyo aholisining 76 foizi (5,5 milliardan ziyod kishi) istiqomat qiladigan 103 davlatda kamida 26,5 foiz (1,46 milliard) kishi qashshoqlik yoqasida. Ular deyarli uysiz va boshpanasiz, och va ishsiz.

Bugun...
Qiziq, bugun esa biz va farzandlarimiz mana shu ro'yxatlarning birortasida emasmiz. Biz bugun to'yib ovqatlanamiz, xohlaganimizcha suv ichamiz, sanitariya uchun hamma sharoitimiz a'lo darajada!

Yuqoridagilar ham biz bilan bitta zamonda yashaydi, bitta havodan nafas oladi. Ularning ham ko'pchiligi musulmonligini hisobga olganda, biz bugun qanchalik shukrona keltiryapmiz, dindoshim?! Kun kelib Allohga yuzma-yuz bo'lganda ulardan ustun bo'ladigan nimamiz bilan maqtana olamiz?!

Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Kanal @sakinat_uzb
4.3K views18:40
Ochish/sharhlash
2022-05-01 09:24:06 #ramazon

Ilmsizlar boshqarayotgan kanallar va "ARAFA" kuni haqida bemavrid tarqatilayotgan hadislar

Allohimga behisob hamdlar bo'lsinki, bugun muqaddas Mohi Ramazonning so'nggi kunlariga ham salomatlikda, ro'zador holda, faqatgina Uning rahmatidan umid qilgan holda yetib keldik!

Ertaga butun Islom olami Iyd al-Fitr ya'ni hayit ayyomini nishonlaydi! Ming afsuski, bizning tilimizga undan avvalgi kunni ham "arafa" deb nomlash urf bo'lib qolgan. Shuni bilishimiz lozimki, Ramazon hayitidan oldingi kunni arafa deyish, faqatgina hayitga tayyorgarlik ma'nosida kelsagina durust, ammo unga boshqa bir sha'riy hukm bog'lab tarqatish og'ir gunohdir.

Ilmsizligimiz va tilimizga e'tiborsizlik tufayli "arafa" so'zini keng tushunchaga aylantirib yuborganmiz. Bugun tilimizda to'y arafasi, Mustaqillik arafasi, Yangi yil arafasi degan so'zlarning doimiy ishlatilib kelinishi ham bu so'zning asl mohiyati yo'qolishiga asosiy sabab bo'lib xizmat qilgan.

Haqiqiy ARAFA qachon?

Islomda haqiqiy arafa hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha 12-oy Zulhijja oyining 9-kuni hisoblanadi. Ya'ni Eid al-Adha — Qurbon hayitidan bir kun avval. Arafa kuni bilan kelgan barcha hadislar ham aynan o'sha kunga tegishli hisoblanadi. BUGUNGA EMAS!!! Hojilar shu kuni Arafot tepaligiga chiqib, to Quyosh botgunga qadar duo, ibodat va iltijo bilan mashg‘ul bo‘ladilar.

Bugun hatto turli diniy kanallarda "ARAFA" kuni bilan bo'g'liq hadislarni tarqatib yurgan ilmsizlar ham, bu kunning asl mohiyatini o'rganishlari, asossiz ravishda musulmonlarni zalolatga yetaklamasliklari zarur!

Ilmsizlar boshqarayotgan kanallardan hushyor bo'ling!

Kanal @sakinat_uzb
5.4K views06:24
Ochish/sharhlash
2022-04-29 15:47:19 #eslatma

Savol:

Hozirda koʼpchilik qoʼchqor va takalarning moyaklarini ham isteʼmol qilishmoqda. Bu aʼzolar halolmi? Molning halol va harom qilingan aʼzolari qaysilar?

Javob:

Goʼshti halol hayvonlarning jinsiy aʼzolarini yemoqlikdan qaytarilgan. Goʼshti yeyiladigan hayvonlarning yetti narsasi harom qilingan: 1. Boʼgʼizdan chiqqan qon. 2. Olati. 3. Moyaklari. 4. Farji. 5. Bezi. 6. Qovuq. 7. Oʼt.
Vallohu aʼlam.

Oʼzbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati

kanal: @sakinat_uzb
2.8K views12:47
Ochish/sharhlash