Get Mystery Box with random crypto!

Dinni to’g’ri qabul qilmaydigan insonlarning fikrlashi juda ha | Saidiyya 🕊

Dinni to’g’ri qabul qilmaydigan insonlarning fikrlashi juda ham ajoyib bo’ladi.

Yoshligimizdan oilamizda dinga e’tibor kuchli bo’lgan. Bu esa doim atrofdagilarning xayratlariga sabab bo’lar edi. Ular islom diniga e’tiqod qiladiganlar qizlarini majburlab keng kiyim kiydirishadi, o’qishlariga ruxsat berishmaydi, erta turmushga berib yuborishadi, … va shu kabi johilona fikrda bo’lishadi. Mendan ham ko’pincha «ro’mol o’ramayman desang nima deyishadi?», «maktabni bitirib o’qimaysanmi?» degan savollarni juda ham ko’p so’rashgan.

Lekin yuqoridagi bu fikrlarning aynan diniy e’tiqodga nima aloqasi bor.

Men maktabda ro’mol o’rasam ham doim eng a’lochi o’quvchilardan bo’lganman, kollejda ham, hech kim fikrimga qarshi chiqib o’qimaysan, turmushga chiqasan deb majburlamagan, hozir ham shunday. Ro’molni ham o’z xohishim bilan o’rayman.

Lekin qo’shnimiz dindan ancha uzoq insonlar. Qizlari o’qiyman desa «O’qib nimaga ham erisharding» deb qizlarini maktabni bitirgandan turmushga berib yuborishdi. Lekin hech kim uni majburlab erta turmushga berilgani, o’qimagani haqida gapirmadi. Sabab u ro’mol o’ramagan edida.


Biz qachongacha shu kabi mutassib fikrlar qurshovida yashaymiz?

#saidiyya