Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlash – zamonaviy kasb bo'lganidek juda qiziq kasb. Dastu | Saidbek Arislonov (developers channel)

Dasturlash – zamonaviy kasb bo'lganidek juda qiziq kasb. Dasturlash orqali minimal harakat bilan maksimal darajadagi mahsulot ishlab chiqish mumkin.

Ha, albatta, har bir loyiha ortida kutilgan va kutilmagan qiyinchiliklar turadi. Qaysidir masalani yechishga tajriba, ba'zan esa ma'lumotlar kamlik qiladi.

Biz dasturlashga to birinchi qadamimizni qo'yganimizdan buyon, boshqa dasturchilar uchun o'zimiz yechgan masalani namuna sifatida ulashishga, dasturlashga endi kirib kelgan va kirmoqchi bo'lgan do'stlarimiz uchun o'z tajribamizni ulashishga niyat qildik.

Do'stlar, Sizlarni biz qilgan va kelajakda qiladigan ishlarimizga baho berishingiz, o'z tajribangizdan kelib chiqib bizga to'g'riroq yechimlar ko'rsatishingiz, foydali bo'lsa biz ishlab chiqgan mahsulotlardan foydalanishingiz uchun Sizni o'z kanalimizga taklif qilamiz.

Hurmat bilan Ibragimov Diyorbek.

Qaniydi, biz ulashgan ma'lumotlar kimgadir zarrachalik foyda bersa-yu, shu inson ishlab chiqqan mahsulot butun xalqga foydasi tegsa!

@uzdevid