Get Mystery Box with random crypto!

​​Chegarasiz taʼlim olish imkonini beruvchi mohirdev platforma | Saidbek Arislonov (developers channel)

​​Chegarasiz taʼlim olish imkonini beruvchi mohirdev platformasi 500 000$ investitsiya jalb qildi.

2021 yil Iyul oyida asos solingan mohirdev.uz platformasining asl maqsadi sifatli va ommabop onlayn taʼlim yordamida yosh mutaxassislarni tayyorlash. Hozirga qadar mohirdev.uz saytida 30 dan ortiq bepul va pullik kurslarda 15000 dan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda.

O‘tgan bir necha oy davomida investorlar bilan muzokaralar olib borgan «mohirdev» loyihasi 29 Dekabr kuni "Pulse Group" O‘zbek-Turk qo‘shma korxonasi bilan kelishuvga erishdi va platforma rivoji uchun 500 000$ investitsiya jalb qildi.

Shu kunga qadar sanoat va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, keng-tarmoqli “Pulse Group” kompaniyasi uchun ham mohirdev platformasi bilan hamkorlik IT sohasidagi birinchi investitsiya hisoblanadi.

Jalb qilingan investitsiyalar kurslar soni va sifatini oshirish, talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, Markaziy Osiyo davlatlariga chiqish va eng muhimi 2023 yilda onlayn universitet tashkil etish uchun yo’naltiriladi.

mohirdev platformasi asoschilari:

Dr. Anvar Narzullayev
- Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi, sariq.dev loyihasi asoschisi, Axborot Texnologiyalari muhandisi.

Muhammad Xalil - Westminster International University in Tashkent BIS (Business Information Systems) bitiruvchisi. Wasaf Int. Solutions va bir nechta startup loyihalar asoschisi.

Ulug‘bek Samigjanov - 5 yildan ortiq tajribaga ega Full-Stask dasturchi. Hozirda AQSHning EPAM Systems kompaniyasi yetakchi dasturchi-muhandisi, hamda Toptal Freelanse platformasi aʼzosi. Stanford Code In Place va RSSchool maktabi mentori.