Get Mystery Box with random crypto!

Mission Impossible: Ishga kirish — Muhammadjavohir Surʼatovdan | Saidbek Arislonov (developers channel)

Mission Impossible: Ishga kirish — Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klass

Maqolani eʼtiboringizni hozirda bozorda uchrayotgan qiziq bir holatga qaratish bilan boshlamoqchimiz. Atrofimizga qarasak, juda koʻp yoshlarni, taʼlim olgan, hunar oʻrgangan, biror ishni uddalash darajasida boʻlganlarning ish qidirayotganliklarini koʻramiz.

Xoʻsh, nahot ishga kirish shunchalar qiyin boʻlsa, nega bunchalik koʻp yoshlar haligacha biror joyda muqim ishlashni boshlamagan deb, vakansiyalar eʼlon qiluvchi veb-saytlarni koʻzdan kechirsak yoki nomi ancha taniqli boʻlib ulgurgan korxonada ishlovchi doʻstimiz bilan gaplashsak, kadr yetishmovchiligidan noliyotganligini koʻrishimiz mumkin.

Qiziq, yuqorida taʼkidlagan sifatlarimizga ega boʻlgan yoshlar ish qidirmoqda, aynan oʻsha yoʻnalish boʻyicha esa bozorda yetarlicha vakansiyalar mavjud.

Unda muammo nimada? Ish beruvchilar koʻp narsa talab qilishmoqdami yoki ularga taklif qilinayotgan maosh yoshlarni qoniqtiradigan darajada emasmi? Yoki ishga kirish uddalab boʻlmas topshiriqmi?

Bozorda qanday kadr qadrlanmoqda, ishga kirish uchun qanday bosqichlardan oʻtish kerak, barcha ketma-ketlik qanday kechadi oʻzi?

Hozir sizga havola etilayotgan video orqali, aynan yuqoridagi savollarga oʻz tajribasidan kelib chiqib javob bergan, yoshlar bilan oʻz bilimlarini ulashgan ustoz Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klassni koʻrishingiz mumkin.

Premyera bugun, 30-oktabr, 20:00 da boshlanadi

Havola: