Get Mystery Box with random crypto!

ALLOHDAN_SO'RA Gunohing savobdan oshib ketmasin Be'huda hech | Sahobalar Hayoti

ALLOHDAN_SO'RA

Gunohing savobdan oshib ketmasin
Be'huda hech bir sonyang kechmasin
Orzu qil mayli qo'ling yetmasin
Allohdan so'ra Alloh beradi


Nolima taqdirdan sen yonib kuyib
Intil chekinma  maqsading bilib
Besh vaqt namozingda sajda qilib
Allohdan so'ra Alloh beradi

Gohida to'qsan gohi yo'qchilik
Dunyo ham borsa uch to'rtkunlik
O'zingni qiynama ey Abdumalik
Allohdan so'ra Alloh beradi

Bandasi bilamiz minnat etguchi
Mexmonmiz hammamiz kelib ketguchi
O'zi hoqondur bizni qo'llovchi
Allohdandan so'rang Alloh beradi

ABDUMALIK ijodida


Do'stlarga ulashing
Telegram| Instagram| YouTube| TikTok