Get Mystery Box with random crypto!

🌸

Telegram kanalining logotibi sahih_xadislar_kanali — 🌸 S
Telegram kanalining logotibi sahih_xadislar_kanali — 🌸
Kanal manzili: @sahih_xadislar_kanali
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

📚Расулуллоҳ ﷺ  дедилар: «Қиёмат куни банданинг биринчи бўлиб ҳисоб  қилинадиган амали намоздир....»

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-22 03:01:12 #Hadis_16

AYOL KISHINI TO‘RT XISLATI UCHUN NIKOHGA OLINADI

قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: «تنكح المرأة لأربع: لمالها و لحسبها و لجمالها و لدينها. فاظفر بذات الدين تربت يداك». رواه الشيخان

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Ayol kishini to‘rt xislati uchun nikohga olinadi: moli uchun; nasabi (ota—bobolarining obro'si va maqtovga loyiq xislatlari) uchun; jamoli uchun; dini uchun. Sen dindorini tanlagin, qo‘ling qurigur".

Izoh: Hadisda qo‘llangan “qo‘ling qurigur” jumlasi duo emas balki, tavsiya qilingan narsaga jiddiy ahamiyat berishga targ‘ib deb tushuniladi. Ya’ni erkak kishi oila qurishda ayolning dini, taqvosini emas, balki boshqa dunyoviy maqsadlarni ko‘zlasa, qo‘li qurib qashshoqlashib ketishi mumkin. Agar dindorini tanlansa boshqa maqsadlarga ham yetadi. Aks holda baridan quruq qoladi.

Buxoriy Muslim rivoyat qilgan.

@Sahih_xadislar_kanali
1.4K views00:01
Ochish/sharhlash
2023-01-21 03:01:16 #Hadis_15

MAJLISDAN TURGANDA

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohualayhi vassallam: «Kimki bir majlisda o‘tirganida befoyda narsa ko‘payib ketsa, majlisdan turishidan oldin

سُبْحَانَكَ اللهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

«Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka»,

deb aytsa, ana shu majlisda sodir bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar.

Ma’nosi: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib tavba qilaman».

Imom Termiziy rivoyatlari.

@Sahih_xadislar_kanali
1.3K views00:01
Ochish/sharhlash
2023-01-20 03:00:25 #Hadis_14 | #Takror

TAQVODAN KEYIN ENG YAXSHI NE’MAT

قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: «ما إستفاد المومن بعد تقوي الله خيرا له من زوجة صالحة، إن امرها اطاعته و إن نظر إليها اسرته و إن اقسم عليها ابرته و إن غاب عنها نصحته في نفسها و ماله». رواه ابن ماجة

Rasululloh sollallohu alayhi vassallam aytdilar:
“Mo‘min kishi taqvodan keyin soliha ayoldan ham yaxshiroq ne’matga ega bo‘lolmadi. Soliha ayolga eri buyruq qilsa itoat qiladi, nazar qilib boqsa ko‘zni quvnatib shod etadi; unga bog‘liq qasam ichsa erning qasamini buzdirmaydi, er uyda yo‘qligida o‘zi va erining boyligiga qo‘riqchi bo‘ladi”.

Ibn Moja rivoyat qilgan.

@Sahih_xadislar_kanali
1.2K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-01-19 03:01:11 #Hadis_13

MUAZZINNI ESHITILGANDA AYTILADIGAN NARSALAR


وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الخُدْرِيِّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا سَمِعْتُمُ النِّدَاءَ، فَقُولُوا كَمَا يَقُولُ المُؤَذِّنُ». مُتَّفَقٌ عَلَيهِ.

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohualayhi vassallam: «Azonni eshitganinglarda muazzin nima desa, o‘shani aytinglar», dedilar.

Muttafaqun alayh.

Sharh: Muazzinning azonini eshitgan paytimizda dunyo va oxiratdagi yutuqqa erishish vositasi bo‘lgan namozga chaqiriq ekanii bois, ushbu rabboniy nidoning hurmatini bajo keltirmog‘imiz lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning bu xususdagi ko‘rsatmalari- azonni eshitilganida uni qaytarib turishdir. Takrorlab aytib turish bilan aytilgan so‘zlarni tasdiqlab, iqror bo‘lish ma’nosi ham bordir. Bu ish oson bo‘lishi bilan birga, savobi ham ulug‘dir. U narsa Qiyomat kuni Payg‘ambar alayhissalomning shafoatlariga sabab bo‘ladi.

Hadisdan o‘rganganlarimiz:

1. Musulmon kishi azonni eshitishga oshiqadi.
2. Musulmon kishi savobni qo‘lga kiritish uchun azonni qaytarib turadi.
3. Azon eshitgan paytimizda nidoga hurmatan ishlarimizni to‘xtatib turamiz.
4. Musulmon kishi boshqa birodarlariga azonni qaytarib turish fazilatini eslatib turadi.

@Sahih_xadislar_kanali
1.2K views00:01
Ochish/sharhlash
2023-01-18 03:00:55 #Hadis_12

QUR’ON O‘QISHDA MASHAQQAT

عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَاهِرُ بِالْقُرْآنِ مَعَ السَّفَرَةِ الْكِرَامِ الْبَرَرَةِ، وَالَّذِي يَقْرَأُ الْقُرْآنَ وَيَتَتَعْتَعُ فِيهِ وَهُوَ عَلَيْهِ شَاقٌّ لَهُ أَجْرَانِ

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vassallam: «Qur’onga mohir kishi oliyjanob, mukarram elchilar (farishtalar) bilan birgadir. Mashaqqat bilan, tutilib o‘qiydigan kishiga esa ikki ajr bor», dedilar».

“Sahihi Muslim” kitobidan.


Izoh: Qiynalib o‘qiydigan kishi ham o‘qigani, ham mashaqqatga sabr qilgani uchun ikki ajr oladi, ammo buni Qur’onga mohir kishining ajridan ikki baravar ko‘p deb tushunmaslik kerak.

@Sahih_xadislar_kanali
1.4K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-01-17 03:00:42 #Hadis_11

JANNATNING SAKKIZTA ESHIGI

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vassallam: «Kim tahorat qilib bo‘lib:

أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ الله وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ

«Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluhu», desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan kiraveradi», dedilar.

Imom Muslim rivoyat qilgan.

@Sahih_xadislar_kanali
1.5K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-01-15 03:00:36 #Hadis_10

Birinchi farzandning qiz bo‘lishi

قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: "من براكة المرأة تبكيرها بالانثي". رواه ابن عساكر.

Rasululloh sollallohu alayhi vassallam aytdilar: "Birinchi farzandning qiz bo‘lishi xotinning barakasidandir".

Ibn Asokir rivoyat qilgan.

@Sahih_xadislar_kanali
2.0K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-01-14 03:14:27 #Hadis_9

Rostgo‘ylik va Yolg‘onchilik.

Abdulloh ibn Mas‘ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vassallam shunday dedilar: "Rostgo‘ylik yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik jannatga yetaklaydi. Inson rost gapirishga odatlansa, Yaratganning huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘on gunohga yetaklaydi, gunoh do‘zoxga yetaklaydi. Inson yolg‘on gapirishga odatlansa, Yaratganning huzurida yolg‘onchi deb yoziladi".

(Muttafaqun alayh).

@Sahih_xadislar_kanali
2.0K views00:14
Ochish/sharhlash
2023-01-13 03:00:39 #Hadis_8

QARZNI UZISH DUOSI

عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ مُكَاتَبًا جَاءَهُ فَقَالَ: إِنِّي قَدْ عَجَزْتُ عَنْ كِتَابَتِي فَأَعِنِّي، قَالَ: أَلَا أُعَلِّمُكَ كَلِمَاتٍ عَلَّمَنِيهِنَّ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم ؟ لَوْ كَانَ عَلَيْكَ مِثْلُ جَبَلِ ثَبِيرٍ دَيْنًا أَدَّاهُ اللهُ عَنْكَ، قُلِ: اللَّهُمَّ اكْفِنِي بِحَلَالِكَ عَنْ حَرَامِكَ، وَأَغْنِنِي بِفَضْلِكَ عَمَّنْ سِوَاكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ

«Bir mukotab Ali roziyallohu anhuning oldiga kelib: «Men kelishilgan mablag‘ni topib berishdan ojiz bo‘ldim. Menga yordam bering», dedi.
«Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi? Agar zimmangda Sabiyr tog‘icha qarz bo‘lsa ham, Alloh uni sendan uzadi. «Allohumma! Ikfinii bihalolika an haromika va ag‘ninii bifazlika amman sivoka», degin», dedi».

Termiziy rivoyat qilgan.

Mukotab – xo‘jayini bilan ma’lum mablag‘ evaziga ozod bo‘lish uchun shartnoma yozgan qul.
Sabiyr – Yamandagi bir tog‘ning nomi.

Duoning ma’nosi: «Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin».

Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan farz namozlardan keyin o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi.

“Qarz” kitobidan.

@Sahih_xadislar_kanali
2.1K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-01-12 03:00:46 #Hadis_7

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Nazar solish shaytonning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim Allohdan qo‘rqib, uni tark qilsa, Alloh azza va jalla unga qalbida halovatini topadigan iymon beradi", -dedilar".

(Imom Hokim rivoyat qilgan).

@Sahih_xadislar_kanali
1.9K views00:00
Ochish/sharhlash