Get Mystery Box with random crypto!

#Hadis_23 Еtim va miskinlarga yahshilik qilishni mukofati. | 🌸

#Hadis_23


Еtim va miskinlarga yahshilik qilishni mukofati.


Savfon ibn Sulaym roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Beva va etim uchun saʻy-harakat qiluvchi Allohning yo'lida jiddi jihod qiluvchi kabidir. Yoki nahorni ro'za tutib, tunni bedor o'tkazuvchi kabidir», dedilar».

(Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan).


Sharh:

Hammamiz Allohning yo'lida savobli ish qiluvchi bandaning qanchalar ulug' ish qilishini va unga beriladigan savoblaru martabalardan yaxshi xabardormiz. Shuningdek nahorni ro'za tutib, tunni bedor o'tkazuvchi kishi qanchalar ulug' ish qilishini va ularga beriladigan savoblaru martabalardan ham yaxshi xabardormiz. Endi esa, beva va etim uchun saʻy-harakat qiluvchi ham ular bilan barobar ekanligini bilib oldik. Bas, beva va etim uchun saʻy-harakat qiluvchilardan bo'lishga urinaylik.

@Sahih_xadislar_kanali