Get Mystery Box with random crypto!

Blog ochish 'Kanalni nima uchun ochgansiz?' degan savolga koʻ | Saffana | link

Blog ochish

"Kanalni nima uchun ochgansiz?" degan savolga koʻpincha bekorchilikdan deb javob berardim, chunki buni tushuntirish vaqt talab etishini bilgan holda batafsil ushbu kichik maqola shaklida yozishni foydali deb bildim.

Yuritishdan maqsad fikrlarimni boʻlishish. Hech kim oʻqimasa ham, yillar oʻtib oʻzimni fikrlashim qanday oʻzgarganini koʻrish.

Fikrlarim oʻzimga qiziq boʻlmasa ham boʻlajak turmush oʻrtogʻim, farzandlarim, oilam, balki nevaralarimga qiziq.

Har kuni yozib turishga odatlanmagan boʻlsam ham fikrlash darajasi oyma oy oʻsib borishiga amin boʻldim.

Blog yuritish foydalari:

Fikrlarimni har bir odamga bittalab tushuntirib oʻtirmayman, shu kanalim orqali qandayligimni bilib olishadi;

Yangi tanishlar orttirish, ular bilan fikr almashish imkoniyatlarini taqdim etdi;

Bir xillikni yoqtirmaganim uchun, blog yuritish davomida yanada kreativ boʻldim, izlandim, kitoblardan tarjimalar, parchalar joyladim, hattoki kanal nomini va yoʻnalishini oʻzgartirdim;

Muhim jihatlaridan biri — a'zolar soni ahamiyatga egamas. Blogimni ochgan kunim 18 kishiga yozyotgan boʻlsam hozir esa 180 kishiga yozyapman.

Bir bloger aytganidek, turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan koʻra blog linklarini almashish afzal. Odamning fikrlashi rasmdan koʻra 100 barobar koʻproq maʼlumot beradi.

Shu yergacha oʻqigan boʻlsangiz reaksiya bosing va doʻstlaringizga ulashishni unutmang :)

Saffana