Get Mystery Box with random crypto!

Seni o'ta muvaffaqiyatli qilib qo'yadigan ishlar ro'yxati! ( | Safarov Zayniddin | Chempion

Seni o'ta muvaffaqiyatli qilib qo'yadigan ishlar ro'yxati!

(Shularni bajar, natijani Allohga topshir...)

1. Oliy maqsadingni aniq va doim esda tut! Nima uchun ALLOH seni aynan yaratdi?

2. Qadriyatlar asosida ishla va niyating doim to'g'ri bo'lsin. (Islomdagi eng muhim ibodatlar: 5 mahal namoz ham aslida niyatida farqi bor... Nimani niyat qilsang, shunga yarasha ajr va natija olasan!)

3. Doimo 2 narsaga intil: Ko'proq ilm olish va Pul topishga...

4. Uzog'i bilan 1 yillik maqsadlar qo'y. Shaxsan, O'zim 6 oygacha maqsad qo'yaman. Chunki, dunyo globallashib, tez o'zgaryapti.

5. Rejasiz ish - keltirar tashvish. Reja tuz, ko'proq kuningdan maksimal natija olish uchun foydalan! Maqsadlarningni juda ham kichkina qadamlarga bo'lib chiq.

6. Kichkina bo'lsa ham, har kuni 1% o'zgarishlar qil. Bundan stresga tushma. Bu juda ham yaxshi o'zgarish. Chunki, bir yilda hayoting 36.5 % ga o'zgaradi.

7. Pomidor uslubidan foydalan!

P.S: Bu hayot Hollywood kinolari emas. Hayotingda tasodiflar kamdan-kam sodir bo'ladi. Bir kunda o'zgarib qolmaysan! Sabr qil. Sendagi bor diqqatingni ishga qarat. Bir kun kelib rahmat deysan Jigar

@Safarov_Zayniddin