Get Mystery Box with random crypto!

#xabarlar Talabalar an’anaviy ta’limga bosqichma-bosqich o‘tka | Sadikov.uz 👨🏻‍🏫

#xabarlar
Talabalar an’anaviy ta’limga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi – vazirlik
Xabaringiz bor, joriy yilning 7 fevralidan maktab, kollej-texnikum va oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’lim qayta boshlanishi e’lon qilindi.

Ammo bu kutilmagan qaror keng jamoatchilik, ayniqsa talaba-yoshlar va ularning ota-onalari orasida ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqaryapti. Xususan, talabalar ijara muammosi avj olishini, o‘tgan safar onlayn ta’limdan oflaynga qaytilganda kvartira topilmaganini va sarson bo‘lishganini aytmoqda. Ba’zi ota-onalar esa farzandi ijaraga uy topmaguncha o‘qish joyiga yubormasligini ta’kidlayapti.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Respublika maxsus komissiyasining kutilmagan qarori yuzasidan quyidagicha izoh berdi.

“Talabalarga qulaylik yaratish, doimiy turar-joylaridan ta’lim muassasalariga xavfsiz, tirbandliklarsiz yetib kelishlari, joylarda avia va temir yo‘l chiptalarini almashtirish, talabalar turar-joylari, ijara asosida yashaydigan talabalarning ortiqcha qiyinchiliklarsiz joylashishlarini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7 fevraldan 24 fevralga qadar bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkaziladi. Shu davrda dars mashg‘ulotlari bir vaqtning o‘zida ham masofaviy ham an’anaviy shaklda olib boriladi”, deyiladi xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, bu jarayon har bir oliy ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlari, o‘quv jarayonining hozirgi holati, mavjud shart-sharoitlarini inobatga olgan holda alohida reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Bu haqdagi ma’lumotlar har bir ta’lim maskanining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali berib boriladi.

“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 24 fevraldan boshlab o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklda olib borilishini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

@sadikov_uz telegram kanali