Get Mystery Box with random crypto!

2023 yil 1 yanvardan boshlab ayrim o'qituvchilarning oylik mao | Sadikov.uz 👨🏻‍🏫

2023 yil 1 yanvardan boshlab ayrim o'qituvchilarning oylik maoshi keskin oshirilishi mumkin

“2022-2026 yillarda Xalq taъlimi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident farmoni loyihasida aytilishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo'lgan o'qituvchilarining oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Yaъni malaka toifasiga ega bo'lgan o'qituvchilarning oylik maoshi quyidagicha oshiriladi:

2023 yil 1 yanvardan boshlab oliy toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 100 foizga;

birinchi toifali o'qituvchilarning oylik maoshi 50 foizga.

2023 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy hamda birinchi toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalari yana 50 foizga.

2024 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga;

birinchi toifali o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 25 foizga oshirish nazarda tutiladi.

Shuningdek, milliy yoki xalqaro sertifikatsiya belgilangan yuqori talablariga javob beradigan o'qituvchilarni qo'shimcha rag'batlantirish tizimi joriy qilinadi. Bunda:

2022 yil 1 sentyabrdan tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lgan o'qituvchilarga 50 foiz miqdorida;

2023 yil 1 sentyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy tilni (ingliz, frantsuz, nemis) bilish darajasiga ega bo'lgan STEM (fizika, kimyo, biologiya, informatika, matematika, geografiya) fanlari o'qituvchilariga qo'shimcha 50 foiz miqdorida har oylik ustamalar qo'llash nazarda tutiladi.

Manba: @dokument_zamdirektor

@sadikov_uz telegram kanali