Get Mystery Box with random crypto!

To'y – shunchaki sadaqa 1. To'y bu xursandchilikdan yaqinlari | .

To'y – shunchaki sadaqa

1. To'y bu xursandchilikdan yaqinlaringga beradigan sadaqang. Uni dabdabali qilish uchun majbur emassan.

2. O'zbekchilikda deysan. Orzu-havas deysan. Hayotda bir marotaba bo'ladi deysan. Lekin bu dabdaba seni keyingi hayotingga bir tiyinlik foydasi yo'qligini ham bilasan.

3. Odamlar nima deydi? Ularga qo'lingdagi bitta barmog'ingni ko'rsatasan. Bosh ( ) barmog'ingni aytyapman). To'yni me'yorida qilasanmi, dabdaba bilan qilasanmi, umuman qilmaysanmi, ular baribir gapirishadi.

4. Odatiy o'rtacha to'ylarga 400-500 odam chaqiriladi. Tog'angni ammasini qo'shnisiga nima bor seni to'yingda.

5. Eng qimmat kelin ko'ylak yoki kostyum-shim kiysang ham, 10 ta Mersli kortejda aylansang ham, eng katta to'yxonada to'y qilsang ham sen o'sha-o'shasan.

6. To'yni me'yorida yoki qisqartirib qilsang, hech kim sendan xafa bo'lmaydi. Yig'ib qo'yilgan puldan ortib qolsa, yangi kelin-kuyov dam olishga ketasiz yoki to'y yumushlari bilan charchagan ota-onangni sihatgohga yuborasan. Eng kamida pul ortib qolmagan taqdirda ham keyingi hayotingni qarz to'lash bilan o'tkazmaysan.

https://t.me/sabrligim_dunyoyim