Get Mystery Box with random crypto!

#Rashk haqida O‘g‘illaringizga yoshligidan erkak kishining v | Сабирлигим Расмий канал ]

#Rashk haqida


O‘g‘illaringizga yoshligidan erkak kishining vazifalarini o‘rgatib boring. Mahramlarini himoya, rashk qilish shular jumlasidandir. Masalan, do‘konga kirayotganda o‘g‘lingizga:
— Sen onang bilan turib tur, erkak kishisan, onangni himoya qilishing kerak, — deya buni singdirish mumkin.

Bu vaqtda bola garchi hech narsa qila olmasa ham o‘zida erkaklik g‘ururini his qiladi. Mahramlarini himoya qilishi lozimligini anglaydi.

Rashksiz muhabbat bo‘lmaydi. Ammo ko‘pchilik rashkda ham me'yor bo‘lishi kerak deydi. Bu me'yorni kim belgilaydi? O‘zingiz va juftingizning holatidan kelib chiqib rashkingizni o‘zingiz nazorat qiling. Hatto ikkita ayolini ikki xil rashk qiladiganlar bor. Chunki har bir insonning tabiati har xil.

Er-xotin mashinada ketayotganda mashinaning ichidagi chiroq yoniq edi. Shunda er: "Chorrahada to‘xtaganimizda chiroqni o‘chirib qo‘yaman", dedi. Ayol bundan ajablangancha: "Nega?" dedi. Er: "To‘xtaganimizda senga qarashlarini istamayman", dedi.
Ayolning bo‘g‘ziga nimadir tiqildi...



Shunday rijollarni Alloh Jannati bilan mukofotlasin. Allohumma, amiyn