Get Mystery Box with random crypto!

Bismillah Alloh ta'alaning fazli va marhamati bilan havola q | "Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

Bismillah

Alloh ta'alaning fazli va marhamati bilan havola qilinayotgan ushbu risola ribo mavzusida yozildi. Zero, ribo ahkomlarini oʻrganish musulmon kishi uchun juda zarurdir.

Alloh ta'ala bandalarni ba'zi ishlardan qaytargan, ular ichida eng xatarlilaridan biri ribo hisoblanadi. Aynan shuning uchun ribo mavzusini oʻrganish muhim. Sudxoʻrga qattiq tahdid va azoblar va'da qilingan.

Insonlar bir-birlari bilan oldi-berdi, qarz va savdo-sotiq muomalalarini qilar ekanlar, savdo masalalarini bilishlari shart. Shu jumladan, harom luqmadan yiroq bo'lish uchun ham ribo ahkomlarini oʻrganishlari lozim.

Ribo bizning zamonamizda juda keng tarqalgani bois undan saqlanmoq uchun ushbu mavzuni yaxshi bilishimiz lozim.

Riboning 73 eshigi.
Aksariyat insonlar bu mavzuni bilishmaydi yoki riboni juda sodda, oddiy narsa, deb tushunishadi. Riboni faqat foizga qarz berish deb bilishadi, xolos.

Riboning ba'zi turlarida oʻzgalarga nisbatan zulm borligi uchun ham ushbu mavzu juda dolzarb hisoblanadi. Bandalarning haqlariga taalluqli boʻlgan zulm Alloh ta'alaning haqlariga taalluqli boʻlgan zulmdan ogʻirroqdir.

Ribo ahkomlari fiqhdagi eng chigal masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun bu mavzuni diqqat bilan oʻrganmoq lozim.

Oʻzbek tilida na yozma, na ogʻzaki shaklda ribo mavzusi batafsil yoritib berilgan manbani topish mushkul. Shuning uchun ham ushbu mavzuni baholi qudrat bayon etishga jazm qilindi.

@Ribo_ahkomi