Get Mystery Box with random crypto!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh | Iqro!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida birinchi bo‘lib hukm (hisob-kitob) qilinadigan kimsa – shahid kishi. Uni keltirishadi, so‘ng Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sening yo‘lingda jang qildim, hattoki shahid bo‘ldim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen «falonchi jur’atli» deb aytishlari uchun jang qilding. Sen istagan narsa aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi. Keyin ilm o‘rganib, o‘rgatgan va Qur’on o‘qigan kishini keltirishadi. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi undan. «Sen uchun ilm o‘rganib, uni (boshqalarga) o‘rgatdim va Qur’on o‘qidim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen olim, deb aytishlari uchun ilm o‘rganding va qori deb aytishlari uchun Qur’on o‘qiding. Bu gap aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi. Keyin Alloh rizqini keng qilib qo‘ygan, turli tuman mol-dunyo ato etgan kishini keltiradilar. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sen infoq-ehson qilinishini yaxshi ko‘rgan biror yo‘lni qoldirmasdan Sen uchun infoq qildim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen saxiy, deb aytishlari uchun shunday qilding. Bunarsa aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi» (Muslim, Nasoiy va boshqalar rivoyat qilishgan).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Riyoning ozginasi ham shirkdir!»

Yana: «Sizlar xususingizda qo‘rqadigan narsalarimning eng qo‘rqinchlisi kichkina shirk», dedilar. «Kichkina shirk nima?» deyishdi. «Riyo» dedilar.

Yana: «Insonlar amallariga yarasha jazo-mukofot olgan vaqtida Alloh taolo (riyokorlarga): «Dunyoda kimlar uchun riyo qilgan bo‘lsangiz, o‘shalarga boringlar. Qaranglar-chi, ularning huzurida biron mukofot toparmikansiz?!» deydi», deganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Alloh taolo: «Men sheriklarning shirkdan behojatrog‘iman. Kimki Men uchun biron amalni qilsa, unda boshqani Menga sherik qilsa, Men undan behojatman. U o‘sha «sherik» uchundir», dedi» (Ibn Moja rivoyati).

@Sababiyot