Get Mystery Box with random crypto!

'Sen shunchaki meni aytganimni qil, nega ekanligini so'rama' - | Ruziyev's blog

"Sen shunchaki meni aytganimni qil, nega ekanligini so'rama" - bu gap faqatgina 16>yosh insonlarga aytilishi mumkin bo'lgan so'z. Umuman olganda bu so'zlarga mening o'ta kuchli allergiyam bor.

Voyaga yetgan inson qilayotgan har bir ishidagi mantiqni o'zi mukammal tushunishi lozim. Voyaga yetganingizdan keyin ham, kimdir sizga bu so'zlarni aytayotgan bo'lsa, demak bu yerda 3 ta sabab bor:

1. U sizni o'zidan ko'ra aqlliroq bo'lib ketishingizni istamaydi.
2. U sizni ko'rmuridga aylantirishni istaydi.
3. Uning o'zi ham ko'rmurid va bu ishdagi mantiqni o'zi ham bilmaydi.

Sizga buni tavsiya qilgan har qanday insondan qoching. Faqatgina toza, teran va sog'lom tanqidiy fikrlaydigan insonlar davrasida bo'ling. Insonga nima qilishni emas, uni qanday tamoyillarga asoslanib qilishni, asl o'zligiga aylanishi uchun nimalar qilish kerakligini o'rgatish lozim. Shunda u miyyasiga bir xil axlat to'ldirilgan robot emas, mustaqil fikrlaydigan va harakat qiladigan inson bo'lib chiqadi. Insonga erkinlik va liberalizm haqida tushunchalar, uni afzalligi va unga ko'ra qanday yashash tushuntirilishi bilan u bir umr solib qo'yilgan temir qolipini yorib, aslida tabiatan, ruhan, ich-ichidan qanaqa bo'lsa, shunaqa inson ko'rinishiga kela boshlaydi. Senchi? Sen aslida kimsan? Ich-ichingda kim yashaydi va u nimalarni xohlaydi shuni top. Kimgadir o'xshashga, kimnidir so'zlari uchun o'zingni bir umr qolipga solib yurishga urinma.

@ruziyev_blog